Qayerda bo’lishingiz kerak bo’lsa ayni o’sha yerdasiz. Hech kimdan o’zib ham ketmadingiz, hech kimdan qolib ham ketmadingiz. Ayni sizga atalgan yerda turibsiz, alhamdulillah.
Sizga bitilgan rizq sizdan qochib qutula olmaydi. Sizga atalmaganiga esa siz quvib yeta olmaysiz. Hammasi Allohdan, shunday ekan siz yashab turgan hayot siz uchun eng hayrlisi, alhamdulillah.
Bundan boshqacha bo’lishi mumkin edi deb ko’p ham tashvish qilmang, yuragingiz siqilmasin, qalbingiz o’ksimasin chunki bo’lishi kerak bo’lgan nimaiki bo’lsa hammasi sodir bo’ldi. O’tmishdagi o’tmishda qoldi, undan boshqacha bo’lishi mumkin emas edi, chunki u Allohning irodasi edi, alhamdulillah.
Xulosalaringizni faqat kelajakda yaxshiroq qaror, yaxshiroq tanlov olish uchun ishlata olasiz. Shunday ekan har bir voqea-hodisadan o’zingizga kerakli xulosa chiqaring va faqat olginga qarab yurishda davom eting. Allohdan yaxshi gumonda bo’ling.
Sabablarini ushlaysiz, nimagadir erishasiz, nimadandir quruq qolganday bo’lasiz. Hammasi Allohdan, hammasi yaxshilikka, hammasida hayr bor. Ishoning, hali hammasi yaxshi bo’ladi …. Toki sizda imon ne’mati bor ekan, mo’min uchun har ishda hayr bor alhamdulillah.
Qayerda bo’lsang ham gullab yashna! – kitobi endi sotuvda. Har bir satri qalbingizga malham bo’lguvchi kitobni sotib oling. Hayotingizning har mavsumi bahor bo’lsin – qayerda bo’lsangiz ham gullab yashnang!





Reviews
There are no reviews yet.