Kursda nazariy bilimlar bilan birga amaliy tavsiyalar, test-so’rovnomalarni farzandingizda qo’llash texnikalariga ham ega bo’lasiz!
Ustozlar bilan tanishuv:
Gavhar Darvish (Teshaboyeva), tajribali shifokor, tibbiy psixolog va ruhiy salomatlik targ’ibotchisi hamdir. U 2009 yildan beri «Ruhiy salomatlik» sohasida ilmiy tadqiqot bilan shug’ullanib, 50 dan ortiq ilmiy va 200 dan ortiq ommabop maqolalar chop etib kelmoqda. 2021 yilda sportchi ayollarning ruhiy salomatligini o’rganishga oid doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Gavharning asl kasbi shifokorlik bo‘lib, hozirda o’zi asos solgan «HIDAYA MED CLINIC – ruhiyat va tana salomatligi tibbiyot markazi» da musulmonlarni zamonaviy tibbiyot, tabobat va Qur’onterapiya yordamida va o’z ilmiy ishini amaliyotga tatbiq etgan holda faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu klinikada har bir shaxs uchun individual yondashilib, dunyoning istalgan yeridan online davolanish va tibbiy-psixologik konsultatsiya ham olish mumkin. Bugungi kunda 3 nafar farzandini tarbiyalash bilan band.
Iroda Ahmed, halqaro darajadagi tajribali o‘qituvchi, murabbiya va ayni paytda faol blogger hamdir. U 2011-yildan beri “Raising Young Scholars (Yosh Olimlarni Yetishtirish)” platformasida farzand tarbiyasi, Islomiy oila va farzandlarga uyda ta’lim berish (homeschooling) mavzularida yuzdan ortiq maqolalar chop etib kelmoqda. Uning ingliz tilida yozgan elektron kitoblari va jurnallari dunyoning turli millatlarga mansub minglab muslima onalar tarafidan iliq qarshilangan va kun sayin ilmga chanqoq onalar tarafidan yuklab olish soni ortmoqda.
Irodaning asl kasbi o‘qituvchilik bo‘lib, hozirda Jidda universitetida talabalarga Ingliz tilidan dars berish bilan birga, 6 nafar farzandini tarbiyalash va uyda ta’lim berish bilan band.
Iroda Ahmed 2021-yilda dunyo bo‘ylab o‘tkazilgan MUSLIMA BLOGGERLAR tanlovida “ta’lim va eng yaxshi youtuber” yo‘nalishlarida mukofot sovrindori bo‘lgan. Uning blogi orqali chop etilgan 180 dan ortiq maqolalari Angliya, Amerika, Saudiya Arabistoni, Pokiston, Kanada, Hindiston, Avstraliya, Birlashgan Arab Amirliklari, Nigeriya va Bangladesh kabi turli davlatlarda istiqomat qiluvchi onalar tarafidan har oyda 20000-30000 marta o‘qiladi va shuning uchun, Iroda 2021-yilgi tanlovdagi TA’LIM yo‘nalishida “Eng yaxshi muslima blogger” mukofotini qo‘lga kiritgan.
Siz aziz onajonlarni kursimizda kutib qolamiz!!!
Course Features
- Lectures 12
- Quiz 0
- Duration Lifetime access
- Skill level All levels
- Language English
- Students 15
- Assessments Yes
- 12 Sections
- 12 Lessons
- Lifetime
- FARZANDINGIZNI BILASIZMI?Farzandimiz uchun to’g’ri tarbiya usulini uning psixotipi va xarakterini aniqlash orqali tanlashni o’rganasiz1
- O'zim bilan tanishuvFarzandlarimiz bilan so'g'lom va munosabat o'rnatishning asosi - avvalo o'zimiz bilan to'g'ri munosabat o'rnatish. Qanday qilib o'zingiz bilan ijobiy munosabat o'rnatishni o'rganasiz1
- ISLOMDA FARZAND TARBIYASINING 7 TAMOYILIBadan tarbiyasi, ruhiy tarbiya, aql va fikr tarbiyasi, iroda, mehnat tarbiyasi va ushbu ishda Allohning roziligini topish muhimligini bilib olasiz1
- Ayollarga Nasihatim - Umm Abdillah Al Waadiiyyahning Islomda farzand tarbiya borasidagi tavsiyalariAlloma va mujaddid, zamonamizning buyuk olimlaridan, Yamanlik shayx Muqbil ibn Hadi Al Waadining qizlari Umm Abdullah, Oysha bint Muqbilning AYOLLARGA NASIHATLARIM nomli kitobining Islomda Farzand Tarbiyasi bo'limining qisqa sharhi1
- ISLOMDA TARBIYACHIGA TALABLARfarzand omonat ekanligi va Islom ta’lim faoliyatida asosiy 4 ta tamoyil haqida1
- Farzandlaringizga hissiy bog'laning (Hold On to Your Kids kitobi asosida)Kanadalik mashxur tibbiy shifokor, halqaro darajadagi spiker va bir necha bestseller kitoblar muallifi Dr Gabor Mate va Kanadalik mashxur psixolog, bolalar rivojlanish (child development) bo'yicha halqaro mutaxassis Dr Gordon Neufeldning birgalikda yozgan kitobi HOLD ON TO YOUR KIDS: WHY PARENTS SHOULD MATTER MORE THAN PEERS ning qisqacha sharhi. Kitobdan bola rivojlanishi to'g'risidagi ilmiy tadqiqotlar, nazariy va amaliy tavsiyalar bilan tanishamiz1
- ISLOMDA JISMONIY TARBIYANING AHAMIYATIJismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari hamda islomiy sport turlari haqida bilib olasiz;1
- Farzandlarni Iymonli qilib tarbiyalashAmerikalik mashxur psixolog va olima Laureen Marie Utz Islomni qabul qilganidan keyin ismini Aisha Hamdan Utz deb o'zgartiradi va ilmiy tadqiqotlarini Islomiy yo'nalishlarda olib boradi. Aisha Hamdan Psixologiyaga Islomiy yondoshuv (Psychology from an Islamic Perspective) va Bolalarda Iymonni Shakllantirish (How To Nurture Emaan in Children) kitoblari muallifi). Bu darsimizda Bolalarda Iymonni Shakllantirish kitobidagi ilmiy va diniy tavsiyalar va tamoyillar bilan tanishamiz1
- AHLOQIY VA RUHIY TARBIYANI AMALGA OSHIRISH HAQIDAAhloqiy tarbiyaning maqsad va vazifalari, bolaning fitrati va uni sof holda saqlash1
- Onalarda shakllantirish kerak bo'lgan muhim ko'nikma- LIDERlikOnalik va liderlik hususiyatlari haqida tushunchaga ega bo'lasiz1
- AQLIY TARBIYA VA NOTO’G’RI TARBIYA USULLARIFarzandni aql turlariga ko’ra tarbiyalash, noto’g’ri tarbiya usullari haqida bilib olasiz.1
- Atom Odatlar - Onalar uchun kundalik reja va samaradorlikni oshirishOnalar uchun bir qancha amaliy tavsiyalar: Kundalik reja tuzish, samaradorlikni oshirish, vaqtni boshqarish va bolalarda yaxshi odatlarni shakllantirish1


14 Comments
In Sha Alloh qatnashish niyatim bor, boʻlib toʻlash usuli mavjudmi?
Hozircha yo’q, kurs to’lgan. Kelgusida kursni yangi guruxini ochganimizdan so’ng yana tekshirib ko’rishingiz mumkin
Ukish xohlayman
Hozir kursimiz LIVE/JONLI ketmoqda. Keyingi guruxga qo’shilishingiz mumkin
Assalamu alaykum, qanday qo‘shilsak bo‘ladi, qayerga to‘lov qilamiz
Telegramda YAQIN kanalini kuzatib boring, tinglovchilar guruhida o’qishingiz mumkin
Ассалому алайкум курсда укишни хохлайман, 4 та кизимни чет дпвлатда тарбиялаш кийин боляпти.
Telegramda YAQIN kanalini kuzatib boring, tinglovchilar guruhida o’qishingiz mumkin
Assalama alaykum Iroda opa,
Ushbu kursni Gavhar opani safilarida ko’rib, 1- dekabrda 2023 boshlanadi deb o’ylab to’lov qilgandim, kegin bildimki, post o’tgan yildan repost qilingan ekan.
Endi nima bo’ladi, to’lovni qaytarib berasizlarmi yoki boshqa taklif bormi.
Hozirgi davom etayotgan kursda o’qiyabsizmi?
Kursda qatnashmoqchiman
Telegramda YAQIN kanalini kuzatib boring, tinglovchilar guruhida o’qishingiz mumkin
Assalomu alaykum, Kursga qabul boshlangan bo’lsa o’qiyman
Telegramda YAQIN kanalini kuzatib boring, tinglovchilar guruhida o’qishingiz mumkin