ONA MADRASADIR kursiga xush kelibsiz! Ushbu kursda siz farzandlaringizga sifatli ta’lim berish sirlarini o’rganasiz.
Farzandlaringiz sifatli ta’lim olishini hohlaysiz, ammo davlat maktablaridan qoniqmaysiz. Xususiy maktablarga berishni hohlaysiz, ammo imkoniyatingiz yetmaydi. Shuning uchun uyda qo’shimcha o’qitish variantini ko’rib chiqyapsiz, va bu kurs aynan siz uchun!!!
Ushbu kursda men, Iroda Ahmed, sizga uyda ta’limni yo’lga qo’ya olish uchun zarur bo’lgan bilim, mahorat va ko’nikmalarni aniqlashga va egallashga yordam beraman, biiznillah. Homeschooling/Uyda ta’lim haqida ingliz tilida juda ko’p ma’lumotlar mavjud, lekin ularning barchasi ham bizning o’zbek madaniyati va Islom e’tiqodiga mos kelmasligi mumkin. Shuning uchun biz uyda ta’limni O’zbek opa-singillarimiz boshlashidan oldin ko’rib chiqilishi kerak bo’lgan muhim savollarni tahlil qilamiz.
Homeschooling/Uyda ta’limni boshlashdan oldin uyda o’qitish asoslarini o’rganing:
Uyda qo’shimcha o’qitishning asosiy sabablari nima? Uyda ta’limning ijobiy va salbiy tomonlarini baholang
Farzandlar va ota-onalarning o’z farzandlarining ta’lim tarbiyasiga tayyorgarligini tahlil qilish.
Aynan sizning oilangizga va farzandlaringizga mos keladigan ta’lim yondashuvi va o’qitish uslubini aniqlang
Sifatli ta’lim nimadan iborat? Buni yo’lga qo’yish uchun nimani bilishingiz kerak, nimalarga e’tibor qilish kerak?
O’rganish uslublari, o’qitish metodikalari va qanday qilib interaktiv darsliklar va resurslarni internetdan qidirib topishni va o’zingiz uyda tayyorlashni o’rganing
Siz hech o’ylab ko’rganmisiz, bundan ikki yuz yil ilgari umum ta’lim maktablari bo’lmagan. Xo’sh bolalar qayerda savodini chiqargan? Ularni kim o’qitgan? Qanday qilib umumta’lim maktablari bo’lmagan bir davrda bizning yurtlardan buyuk olimlar yetishib chiqqan? Ota-onalar farzandlariga nimani o’rgatgan? Qanday tartibda? Qanday uslubda? Bolalarni o’qitish uchun faqat bitta to’g’ri yondashuv yoki metodika bormi?
Ushbu kursda shu kabi savollarga javob izlaymiz. Siz maktab bilan bir paytda, bolalar bilan uyda qo’shimcha ta’limni yo’lga qo’yishning eng mashxur usullarini o’rganasiz va kursdagi ma’lumotlar farzandlaringiz uchun eng yaxshi o’zlashtirish uslubni topishga yordam beradi. Ona Madrasadir – bu farzandlariga yangicha ta’lim berishga qiziqqan ota-onalar uchun ta’lim dasturi tuzish, resurslar yaratish kursi.
Kurs kimlar uchun:
Uyda ta’lim/homeschooling ga qiziqqan muslima onalar va ayol-qizlar
Muslima murabbiyalar va o‘qituvchilar
Bog’cha va o’quv markazi yurituvchi ayollar
Bolalar bilan ta’lim sohasida ishlovchi barcha opa-singillar
📝🔥 Kursning ‘nazariy darslar’ qismida o’tiladigan mavzular ro’yxati
1. Uyda ta’limga kirish – ta’lim nima? Yaxshi ta’limga ta’rif
2. Uyda ta’limga tayyormisiz?
3. Ta’lim falsafalari, yondashuvlar, metodikalar
4. Sharlotta Meyson ta’lim metodi haqida
5. Klassik ta’lim nima?
6. Montessori ta’lim metodi (1-qism)
7. Montessori ta’lim metodi (2-qism)
8. Valdorf ta’lim metodi
9. Unschooling – maktab tizimidagi eng katta kamchiliklar
10. Eklektik yondashuv – ta’limda o’ziga xoslik. Har bir bolaga unikal yondashuv
11. Uyda ta’lim berish asoslari
12. O’quv dasturi tuzish (1-qism)
13. O’quv dasturidan o’quv rejasigacha bo’lgan xarita (2-qism)
14. Bolalarning o’zlashtirish uslublari
15. Baholash turlari
16. STEM mashg’ulotlari
17. Chet tillarini samarali o’qitish
18. Matematikani samarali o’qitish
19. Sceinces – aniq fanlarni samarali o’qitish
20. Onlayn maktablar haqida
21. Umumiy xulosa va amaliy tavsiyalar
“Ona Madrasadir” kursi bilan “Farzandim Jigarbandim” kursining farqlari nimada?
Ushbu savol ko‘p beriladi, bu savolga qayta -qayta javob berilgan. Ammo bu izohda Azizaxon singlimiz aniq lo‘nda javob beribdi.
———
Men ikkala kursni ham o’qiganman. Alhamdulillah va bu kurslarni barcha onajonlarga qattiq tavsiya qilaman.
Bu ikkala kursda yoritiladigan mavzular bir-birini to’ldiradi lekin aslo takrorlamaydi. Farzand tarbiyasida go’yo sizga bir emas, ikki qo’ldek hizmat qiladi.
Farzandim jigarbandim sizga asosan bolangizni yaqindan tanishga, uni tushunishga, unga qanday muomala qilishga va unga qanday qilib to’g’ri islomiy tarbiyani berishga yordam beradi. Kurs davomida ikki nihoyatda tajribali, o’z sohalarining ustalari bo’lgan bilimli ustozalardan barcha savollaringizga javob olasiz. Yangi onamisiz yoki bir nechta farzandli ko’p yillik onamisiz, bu kurs aynan siz uchun! Mavzular shunday yoritilganki sizga ustozalar bir necha yil davomida kitoblar o’qib o’zingiz izlanib ketgazadigan vaqtingizni tejab oddiy, sodda va lo’nda qilib nihoyatda ko’p bilim berishadi. Menga bu kursning yoqgan tarafi mavzular keng ko’lamliligi va ikki soha mutaxhassislari tarafidan tushuntirilishidir. Yana farzand tarbiyasini aynan islomiy tarafdan to’g’ri olib borilishi uchun barcha foydali tavsiyalar va bilimlar berilishidir. Xullas, farzandlaringiz bilan bog’liq barcha muammaringizning negizini, nimaga unaqa bo’layotgani va qanday yo’l tutsangiz ham farzandlaringiz uchun ham ona sifatida ular bilan qanday chiroyli munosabat o’rnata olishingiz mumkinligini tushunib olasiz.
Ona Madrasadir orqali esa o’zingizni boshqa rakursdan ko’ra olishingizga va yangidan yangi qirralaringizni kashf qilishingizga aminman. Bu kurs uchun ketadigan pulingizni eng avvalo sizni chin ma’nodagi ONA bo’lishingiz va farzandlaringizning eng muhim masalasi ya’ni ta’lim-tarbiyasi uchun eng qiymatli sarmoya degan bo’lar edim. Shunchalik ko’p foydali va butun umrga tatiydigan bilimlarga ega bo’lasizki, shu paytgacha olgan bilimlaringiz bir hissa bo’lsa birgina bu kursdan olganlaringiz o’n hissa bo’lishiga ishonaman. Bu faqat mening gaplarim emas, balki kursda o’qigan va o’qiyotgan yuzlab onalarning qalbidan chiqgan gaplari.
Bolalaringiz uchun uyingizni haqiqiy madrasaga aylantirmoqchimisiz va ular uchun haqiqiy muallimaga aylanmoqchimisiz, unda bu kurs aynan siz uchun! 6 oy davomida ham nazariy ham amaliy bilim va ko’nikmalarga ega bo’lasiz. Kanaldagi yana boshqa ko’plab ma’lumotlarni o’qib chiqishingizni istardim. Shu kurs haqida o’qish istagining paydo bo’layotganining o’zi ham sizni farzandlaringiz ta’limi va tarbiyasi uchun befarq emasligingizni bildiradi. Endi esa faqat qadam tashlash, kursda o’qib in sha Allah o’rganganlaringizni amalda qo’llash qoldi.
✍️Aziza Karimova
Eng ko’p so’ralgan savollarga javoblar
❓Savol: Men YAQIN kanaliga yangi qo’shildim. Ona Madrasadir qanday kurs? Ma’lumot bersangiz.
Javob: Kurs haqida YAQIN kanalida batafsil ma’lumot berilgan. Telegramda @YAQINOZBEK kanalida #ona_madrasadir #onlinekurs #savoljavob #savol hashtaglardan foydalanib kanaldan ma’lumotlarni qidirib o’qing. Mavzular ro’yxati va kurs kontenti yuqorida berilgan.
Kurs haqidagi vebinarni buyerda ko’rishingiz mumkin 👇🏻
Kurs haqida bitiruvchilarimizning fikr-mulohazalarini esa buyerda o’qishingiz mumkin 👇🏻
https://t.me/+2pSTFigvCO0zMWQ0
❓Savol: Kursning narxi qancha?
Javob: Ayni paytda qabul davom etayotgan Ona Madrasadir 2026 kursiga qabul tanlov asosida bo’ladi, ro’yxatdan o’tish uchun avvalo ushbu arizani to’ldiring https://forms.gle/zU5AfcQ3ELjQNqjMA
Qabul qilinganlar 10 yanvar 2026 sanaga qadar 2 million so’m (6 oy uchun) to’lov qilishlari kerak bo’ladi.
❓Savol: Bo’lib to’lash mumkinmi?
Javob: Ha 1 milliondan ikki marotaba bo’lib to’lashingiz mumkin bo’ladi
Javob: Kurs materiallarini shaxsiy foydalanish uchun cheklanmagan muddatga siz bilan qoladi
❓Savol: Qachongacha to’lash mumkin?
Javob: Qabul 2025 yil 31 dekabrga qadar davom etadi, ro’yxatdan o’tish uchun avvalo ushbu arizani to’ldiring https://forms.gle/zU5AfcQ3ELjQNqjMA , agar ismingiz 5 yanvar 2026 kuni YAQIN telegram kanalida e’lon qilinadigan qabul qilinganlar ro’yxatida chiqsa, to’lovni 10 yanvar 2026ga qadar amalga oshirishingiz mumkin.
Jonli Kurs qachon boshlanadi: shanba 10 yanvar 2025
Kursda nazariy bilimlar bilan birga amaliy mashg’ulotlar ham bo’lib o’tadi. Kurs qatnashuvchilari tarafidan haftada bir marta o’tib beriladigan online darslarda farzandingiz qatnashishi mumkin va siz online o’qitish metodikalarini qo’llash texnikalariga ham ega bo’lasiz!
Haftaning har shanba kunlari jonli efir orqali nazariy darslar bo’lib o’tadi. Nazariy dars davomiyligi 1 soat (efirga ulanish uchun ZOOM linklar maxsus yopiq telegram gurux orqali yuboriladi).
Haftaning har yakshanba kunlari onajonlar tarafidan amaliy mashg’ulotlar/darslar online olib boriladi va gurux qatnashchilari tarafidan dars tahlil etiladi (har bir qatnashuvchi kurs ohiriga qadar bir marta 40 minutlik dars o’tib berishi kerak bo’ladi)
Demak, kursimiz darslari har shanba va yakshanba kunlari O‘zbekiston vaqti bilan 19:30da bo‘lib o‘tadi
Jonli efirda qatnasha olmaganlar darslarni yozib olingan holatda ko‘rishlari mumkin inshaAllah.
Qatnashuvchilar darslarni cheklanmagan muddatda o’zlarida saqlab qolishi mumkin
Ustoz bilan tanishuv:
Iroda Ahmed, halqaro darajadagi tajribali o‘qituvchi-pedagog, murabbiy va ayni paytda faol blogger hamdir. U 2011-yildan beri “Raising Young Scholars (Yosh Olimlarni Yetishtirish)” platformasida farzand tarbiyasi, Islomiy oila va farzandlarga uyda ta’lim berish (homeschooling) mavzularida yuzdan ortiq maqolalar chop etib kelmoqda. Uning ingliz tilida yozgan elektron kitoblari va jurnallari dunyoning turli millatlarga mansub minglab muslima onalar tarafidan iliq qarshilangan va kun sayin ilmga chanqoq onalar tarafidan yuklab olish soni ortmoqda.
Iroda Ahmedning asl kasbi o‘qituvchilik. Angliyada bakalavr va magistrlik diplomini olgach, o’qituvchilikka tayyorlash uchun maxsus trening kurslarini bitirgan. Angliyadagi bir muddat o’qituvchilik faoliyatidan so’ng 2015 yilda oilasi bilan Saudiya Arabistoniga ko’chib o’tgan. 2015-2017 yillarda Riyozdagi Qirol Saud universitetida, 2017-2019 yillarda Jidda shahridagi Qirol Abdulaziz universitetida va 2019-2025 yillarda Jidda universitetida talabalarga Ingliz tilidan dars berib kelgan. 2025 yili Saudiyadagi oliy ta’lim muassasalaridagi o’qituvchilik faoliyatini tamomlab, oilasi bilan Angliyaga qaytish arafasida. Ayni damda 6 nafar farzandini tarbiyalash va uyda ta’lim berish bilan band.
Iroda Ahmed Angliyada ham Saudiyada ham homeschooling – uyda ta’limni yo’lga qo’ygan yuzlab musulmon oilalar bilan yaqindan ishlab, ularning farzandlari uchun ta’lim dasturi ishlab chiqishga yoki tayyor dasturni tanlashga va o’qitishga yordam berib kelgan.
Iroda Ahmed 2021-yilda dunyo bo‘ylab o‘tkazilgan MUSLIMA BLOGGERLAR tanlovida “ta’lim va eng yaxshi youtuber” yo‘nalishlarida mukofot sovrindori bo‘lgan. Uning blogi orqali chop etilgan 180 dan ortiq maqolalari Angliya, Amerika, Saudiya Arabistoni, Pokiston, Kanada, Hindiston, Avstraliya, Birlashgan Arab Amirliklari, Nigeriya va Bangladesh kabi turli davlatlarda istiqomat qiluvchi onalar tarafidan har oyda 20000-30000 marta o‘qiladi va shuning uchun, Iroda 2021-yilgi tanlovdagi TA’LIM yo‘nalishida “Eng yaxshi muslima blogger” mukofotini qo‘lga kiritgan.
Iroda Ahmed is a teacher and teacher-trainer by profession. She is also an educational consultant, parent educator and a seasoned homeschooling mother of six who helps other mothers succeed in their parenting and homeschooling journey.
She earned a BA in English and M.Ed in Teaching English in the UK. She has been developing, designing and teaching various courses both in the UK and abroad since 2003. In addition to teaching English lessons at various institutions, she has founded Raising Scholars, an initiative aimed at equipping Muslim children with academic, character-building and life-skills needed to make them the leaders of tomorrow.
Teaching is her passion and she tries to instil a culture of lifelong learning in all her students.
Assalomu alaykum qadrli ustoz.
Albatta siz meni hali tanimaysiz lekin men siz haqingizda ijtimoiy tarmoqlardan birida o’qib qolib darrov shogird bo’lib qo’ya qoldim. Men bino bo’lganiga endi 2 yil bo’lgan fayzli oilaning bekasi, hali 1 yoshga to’lmagan shiringina qizaloqni onasi, turishib tirmashib o’qituvchi bo’lishga harakat qilayotgan 4-kurs talabasiman. Ona madrasadir loyihasi haqida eshitgan paytimdan qatnashish umidida siz yozayotganimni aytib o’tay. Bir savolim bor edi shuni so’rasam: kurs boshlanishiga hali biroz vaqt bor ekan, lekin ro’yxatdan o’tish yakunlanib qolmasmikin degan havotirdaman. Shu haqida ma’lumot bersangiz va yana aynan qaysi tilda olib borilishini ham aytib o’tsangiz.
Javob uchun oldindan rahmat. Mushtoqlik bilan kutib qolaman.
Assalomu alaykum ustozam! Ismim Sumayya! Men xolerik-isteroid tipdagi, ambivalent, enterpersonal ayolman. Asli pedagogika sohasida o‘qigan bo‘lsamda, o‘zimni bolamni qiziqishlarini qabul qila olmaslik holatlari ko‘p kuzatiladi. O‘g‘lim ham xolerik isteroid bolajon. Bolani omonat ekanligini bilsamda, menda haqiqiy onalik mehri ufurib turmaydi. Bu kursda o‘qib bolamga zulm qilib qo‘yishdan tiyilmoqchiman. Bu kurs men uchun muhim!
Ассалому алайкум. Мен хам укитувчиман. Болам учун универсал она булиб, уни яхши тарбия билан улгайтиришни истардим. Албатта бу курс жуда манфаатли булиши тайин ва барча оналар иштирок этса хам оила хам жамият учун ута нузал иш булар эди. Аммо бир саволим бор эди. Ута ривожланган мамлакатда яшовчилар учун бирдан тулов кийин эмасдир, лекин бошка давлатларда бироз мужмалрок. Бу курсга еатнашмокчи булгагн она курс пулини булиб туласа буладими? Жавоб учун олдиндан рахмат
What Is Inside The Well-Planned Muslim Mum PLANNER? Kickstart Your Homeschooling Journey. Bismillah! (Homeschool Management) Yearly GOALS for each child Term overview Term Planner Attendance...
We use cookies on our website to give you the most relevant experience by remembering your preferences and repeat visits. By clicking “Accept All”, you consent to the use of ALL the cookies. However, you may visit "Cookie Settings" to provide a controlled consent.
This website uses cookies to improve your experience while you navigate through the website. Out of these, the cookies that are categorized as necessary are stored on your browser as they are essential for the working of basic functionalities of the website. We also use third-party cookies that help us analyze and understand how you use this website. These cookies will be stored in your browser only with your consent. You also have the option to opt-out of these cookies. But opting out of some of these cookies may affect your browsing experience.
Necessary cookies are absolutely essential for the website to function properly. These cookies ensure basic functionalities and security features of the website, anonymously.
Cookie
Duration
Description
cookielawinfo-checkbox-analytics
11 months
This cookie is set by GDPR Cookie Consent plugin. The cookie is used to store the user consent for the cookies in the category "Analytics".
cookielawinfo-checkbox-functional
11 months
The cookie is set by GDPR cookie consent to record the user consent for the cookies in the category "Functional".
cookielawinfo-checkbox-necessary
11 months
This cookie is set by GDPR Cookie Consent plugin. The cookies is used to store the user consent for the cookies in the category "Necessary".
cookielawinfo-checkbox-others
11 months
This cookie is set by GDPR Cookie Consent plugin. The cookie is used to store the user consent for the cookies in the category "Other.
cookielawinfo-checkbox-performance
11 months
This cookie is set by GDPR Cookie Consent plugin. The cookie is used to store the user consent for the cookies in the category "Performance".
viewed_cookie_policy
11 months
The cookie is set by the GDPR Cookie Consent plugin and is used to store whether or not user has consented to the use of cookies. It does not store any personal data.
Functional cookies help to perform certain functionalities like sharing the content of the website on social media platforms, collect feedbacks, and other third-party features.
Performance cookies are used to understand and analyze the key performance indexes of the website which helps in delivering a better user experience for the visitors.
Analytical cookies are used to understand how visitors interact with the website. These cookies help provide information on metrics the number of visitors, bounce rate, traffic source, etc.
Advertisement cookies are used to provide visitors with relevant ads and marketing campaigns. These cookies track visitors across websites and collect information to provide customized ads.
17 Comments
Assalomu alaykum qadrli ustoz.
Albatta siz meni hali tanimaysiz lekin men siz haqingizda ijtimoiy tarmoqlardan birida o’qib qolib darrov shogird bo’lib qo’ya qoldim. Men bino bo’lganiga endi 2 yil bo’lgan fayzli oilaning bekasi, hali 1 yoshga to’lmagan shiringina qizaloqni onasi, turishib tirmashib o’qituvchi bo’lishga harakat qilayotgan 4-kurs talabasiman. Ona madrasadir loyihasi haqida eshitgan paytimdan qatnashish umidida siz yozayotganimni aytib o’tay. Bir savolim bor edi shuni so’rasam: kurs boshlanishiga hali biroz vaqt bor ekan, lekin ro’yxatdan o’tish yakunlanib qolmasmikin degan havotirdaman. Shu haqida ma’lumot bersangiz va yana aynan qaysi tilda olib borilishini ham aytib o’tsangiz.
Javob uchun oldindan rahmat. Mushtoqlik bilan kutib qolaman.
Waleykumussalam
Kurs yanvar 2024da boshlanadi, forma to’ldirdingizmi?
Assalomu alaykum ustozam! Ismim Sumayya! Men xolerik-isteroid tipdagi, ambivalent, enterpersonal ayolman. Asli pedagogika sohasida o‘qigan bo‘lsamda, o‘zimni bolamni qiziqishlarini qabul qila olmaslik holatlari ko‘p kuzatiladi. O‘g‘lim ham xolerik isteroid bolajon. Bolani omonat ekanligini bilsamda, menda haqiqiy onalik mehri ufurib turmaydi. Bu kursda o‘qib bolamga zulm qilib qo‘yishdan tiyilmoqchiman. Bu kurs men uchun muhim!
Waleykumussalam
Forma to’ldirdingizmi?
Forma to’ldirdingizmi?
Ona Madrasadir kursiga yozilmoqchiman
Forma to’ldirdingizmi? Telegramda YAQIN kanalini kuzatib boring, tinglovchilar guruhida o’qishingiz mumkin
Ассалому алайкум. Мен хам укитувчиман. Болам учун универсал она булиб, уни яхши тарбия билан улгайтиришни истардим. Албатта бу курс жуда манфаатли булиши тайин ва барча оналар иштирок этса хам оила хам жамият учун ута нузал иш булар эди. Аммо бир саволим бор эди. Ута ривожланган мамлакатда яшовчилар учун бирдан тулов кийин эмасдир, лекин бошка давлатларда бироз мужмалрок. Бу курсга еатнашмокчи булгагн она курс пулини булиб туласа буладими? Жавоб учун олдиндан рахмат
Telegramda YAQIN kanalini kuzatib boring, tinglovchilar guruhida o’qishingiz mumkin
assalomu alaykum va rohmatullohi va barakatuhu
Tinglovchi sifatida ishtirok etmoqchiman
Telegramda YAQIN kanalini kuzatib borsangiz, yaqinda tinglovchilar guruhi ochiladi
Telegramda YAQIN kanalini kuzatib boring, tinglovchilar guruhida o’qishingiz mumkin
Dardlar ingiliz tilda bo’ladimi yoki uzbek tilda?
Meni bolalarim ingilizcha o’qiydi.
Kurs o’zbek tilida bo’ladi. Farzandlaringizni ingliz tilida o’qitishingiz mumkin. Kurs bolalar uchun emas, onalar uchun
Telegramda YAQIN kanalini kuzatib borsangiz, yaqinda tinglovchilar guruhi ochiladi
Telegramda YAQIN kanalini kuzatib boring, tinglovchilar guruhida o’qishingiz mumkin